[Boshlovchiga: savoldagi qo'shtirnoqlarni o'qimang!] Tijorat josusligi bilan shug'ullanuvchi bir serial qahramoni katta pulga bir paket «lapsha» (qog'oz qirqindilari) sotib oladi va u bilan ma'lum bir harakatni amalga oshiradi. Xuddi shunday harakatni Oq uy xodimlari ham qilishga majbur bo'lishadi, chunki qiziqqon Donald Tramp ko'pincha SHUNDAY QILADI. «SHUNDAY QILADI» so'zlari bilan qaysi ikki so'z almashtirilgan?