«LoSi» jamoasining savollar paketi yakuniga yetdi. Oxirida boshqa jamoalarda oʻynayotgan hamyurtlarimizga salom yoʻllaymiz. Diqqat, savol! Ilgari Fransiya va Gollandiyada U ishlov berish usuliga qarab turlicha atalgan: masalan, yangi uzilgan holatda U «dorosh» deb nomlangan. Javobda U mashhur iborada qofiyalanadigan soʻzlardan birini yozing.