Moskvalik alkogolsiz kokteyllar ishqibozi Dmitriy Botin quyidagi retseptni taklif qildi. "Bir stakan 'Pepsi-Kola' va bir stakan 'Koka-kola' oling. 'Koka-kola'ning yuqori yarmini toʻkib tashlang va hosil boʻlgan yarim stakanga 'Pepsi-kola'ning yuqori yarmini quying. Bu hozircha faqat 'Peka-kola'. Somoncha bilan aralashtiring va yana yuqori yarim stakanni toʻkib tashlang, qolgan 'Peka-kola' ustiga 'Sprayt' quying. Siz 'Spripeka-kola' oldingiz...". Dmitriy ehtiyot boʻlishni va ichimliklarni boshqa tartibda aralashtirmaslikni maslahat bergan, aks holda siz "mualliflik huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun boʻyicha taʼqib qilinasiz". Agar ketma-ketlikni adashtirsangiz, sizda nima hosil boʻlishi mumkin?