Bir safar yosh rekrutlar rotasi jang qizigan vaqtda batareya shturmiga yuborildi. Yangi askarlardan biri buyruqni eshitib, rangi oqarib, qaltiray boshladi. "Uyalmaysanmi, — dedi unga poruchik. — Ayollarga oʻxshab qaltirayapsan. Sen ... boʻlishing kerak". Agar yangi askarning javobi: "Mening shundoq ham hamma tomirlarim muzlab qoldi" boʻlsa, u qanday boʻlishi kerak edi?