Koʻpgina rassomlar savdogar ayollarni tasvirlashgan. Birgina Kustodiyevning bunday asarlari oʻndan ortiq boʻlsa kerak. Ammo savdogar ayolning eng mashhur portreti baribir unga tegishli emas. “Ustalar va durdonalar” kitobi muallifi Igor Dolgopolov ushbu portret haqida shunday yozadi: “Tashqi tomondan, birinchi qarashda, rasm — sukunat va uygʻunlik saltanati. Ammo kamtarona kiyimdagi bu olijanob xonim titroq, chuqur qalbni, oʻtkir va hamma narsani anglaydigan aqlni yashiradi...”. Ushbu portret muallifini ayting.