Las-Vegas kazinosiga bir keksa ayol keldi. Avtomatlardan biriga yaqinlashib, bir dollarlik tanga tashladi va dastakni bosdi. Avtomatdan bir uyum tanga toʻkildi. Ayol bu avtomatga dollarlarni birin-ketin tashlashda davom etdi va har safar natija bir xil boʻldi. Sumkasida bir necha kilogramm mayda pul yigʻilgach, baxtli ayol oʻyin zalini tark etdi. Bunday omadning sababi nimada?