[Boshlovchiga: Kristofer Ren, Jirjenti.] Londondagi Avliyo Pavel soborining diqqatga sazovor joylaridan biri – «Pichirlash galereyasi» bo‘lib, u soborni qurgan Kristofer Renning akustikani mukammal bilishini namoyish etadi. Italiyaning Jirjenti shahridagi sobor me’mori ham shunga o‘xshash effektga erishgan, ammo bu qasddan qilinmagani aniq: aks holda u ...ni joylashtirish uchun bunday joyni tanlamagan bo‘lardi. Nimani?