Benjamin Franklin birinchisining yomon axloqiy xislatlarini qayd etib, "u oʻz rizqini halol yoʻl bilan topmaydi... xuddi talaydigan va oʻldiradigan odamlar kabi, yakunda uning hech vaqosi qolmaydi va koʻpincha halok boʻladi..., buning ustiga u ancha qoʻrqoq..." deb taʼkidlagan. Ikkinchisi esa, garchi "biroz manman va ahmoq boʻlsa-da (lekin bu eng yomoni emas...), u jasur va uning hududiga ehtiyotsizlik bilan bostirib kirgan Britaniya gvardiyasi grenaderlariga ikkilanmasdan hujum qilgan". Birinchi va ikkinchi jonivorni ayting.