gotquestions.online

Qadimgi yunon afsonasiga koʻra, Keos orolidagi Karfeya vodiysida nimfalarga bagʻishlangan kiyik yashagan. Bu kiyik juda goʻzal boʻlib, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan va odamlardan aslo qoʻrqmagan. Orolning barcha aholisi bu kiyikni yaxshi koʻrardi, ayniqsa orol shohining yosh oʻgʻli, Apollonning sevimli doʻsti uni hammadan koʻproq sevardi. Bir kuni issiq kunda kiyik soyaga berkinganida, ov qilayotgan shoh oʻgʻli uni tanimay qolib, unga oʻtkir nayza otadi va uni halok qiladi. Yosh shahzoda qilgan ishidan dahshatga tushadi, oʻz sevimli hayvoni bilan birga oʻlishni xohlaydi va Apollonning ovunchoqlari unga yordam bermaydi. Yigit doʻsti — xudo Apollondan unga abadiy qaygʻurish imkonini berishini soʻraydi. Apollon uning iltijosini ijobat qiladi, yigit daraxtga aylanadi, uning jingalak sochlari toʻq yashil ignabargga, tanasi poʻstloqqa aylanadi, uchi esa kamon oʻqi kabi osmonga qadaladi. Apollon gʻamgin xoʻrsinib deydi: "Men doim sen uchun qaygʻuraman, goʻzal yigit, sen ham oʻzgalar gʻami uchun qaygʻurasan. Doim gʻamdorlar bilan birga boʻl!". Oʻshandan beri yunonlar vafot etgan kishining uyi eshigiga ushbu daraxt shoxini osib qoʻyishgan, uning shoxlari bilan dafn gulxanlarini bezashgan va qabrlar yoniga ushbu daraxtni ekishgan. Bu qaysi daraxt?

Manba