Myunxen stadionida «Bavariya» oʻynaganda uning fasadi qizil rangda, «Oktoberfest» paytida sariq, Avliyo Patrik kunida esa yashil rangda yoritiladi. Biroq, rang-barang kombinatsiyalar qatʼiyan man etilgan — chunki ular tufayli yaqin atrofda bir nechta ALFA sodir boʻlgan. Siz chalgʻigan boʻlishingiz mumkin, lekin ALFA bu savolda yangrab oʻtdi. Biz ALFA soʻzi bilan nimani almashtirdik?