Masxarabozlar ichida eng buyuk futbolchi va futbolchilar ichida eng buyuk masxaraboz deb atalgan ushbu yarim himoyachi haqidagi maqola Yu. Ryashentsevning satri bilan yakunlangan edi. Toʻgʻri, undagi oxirgi soʻz maqola qahramonining familiyasiga almashtirilgan. Rus tilida uning va almashtirilgan soʻzning yozilishi biroz farq qiladi. Futbolchining ona tilida esa har ikki soʻz bir xil yoziladi. Satr toʻrtlikning oxirgisi edi. Birinchi satr ham oʻzgartirilgan boʻlib, shunday yangragan: "Romario, di Kanio, Shevchenko, Lovenkrands...". Toʻrtlikning oʻzgartirilgan oxirgi satrini yozing.