Bir versiyaga koʻra, dastlab bu soʻz oʻrta asrlar Germaniyasi universitetlari qoshida tashkil etilgan va shahar aholisiga maʼlum turdagi xizmatlar koʻrsatadigan muassasalarni anglatgan. Angliya va Fransiyaga oʻtib, bu soʻzdagi bitta unli harf boshqasiga almashtirilishi natijasida u biroz boshqacha maʼno kasb etdi. Bu soʻz bilan shunga oʻxshash, ammo ushbu turdagi xizmatlarning toʻliq majmuasini koʻrsatadigan muassasalar atala boshlandi. Qaysi harf qaysinisiga almashtirilgan?