Astronavtlarga qulaylik yaratish uchun ochiq kosmosga chiqish skafandrida turli vaqtlarda koʻplab moslamalar paydo boʻlgan. Masalan, koʻkrakdagi asboblar koʻrsatkichini oʻqish uchun bilakdagi oyna. Ichish uchun dubulgʻa ostidagi naycha. Xoʻsh, astronavtlar dubulgʻaning ichki qismiga, bir tomonga, quloq sathidan biroz pastroqqa kichkina yostiqcha yopishtirishni nima uchun soʻrashgan?