Qogʻoz tayyorlash uchun papirus poyasi ingichka va uzun tolalarga ajratilgan. Ularning eng yaxshisi oʻzakdan olinganlari hisoblangan. Birinchi navli papirus muqaddas kitoblar uchun, keyingi bir necha navlari esa oddiy yozuvlar uchun moʻljallangan. Eng yomon navli papirusdan nima uchun foydalanilgan?