Televizorda jaz trombonchisi Albert Mangelsdorfning konsertini tomosha qilayotganda, savol muallifining eʼtiborini gʻalati koʻrinishdagi surdina tortdi. Musiqachi boʻsh barmoqlari bilan ancha eskirgan, rangi noaniq, yumaloq buyumni ushlab turar, uni goh cholgʻu asbobining karnayiga yaqinlashtirar, goh uzoqlashtirar edi. Yakunda bu buyum maishiy moslamaning bir qismi ekanligi aniqlandi. Mangelsdorf qaysi “shamolli” qurilmaning elementidan foydalangan edi?