UNING prototiplari Gyotening Undinasi va gazeta xronikalari qahramoni, oʻn besh yoshli oʻt qoʻyuvchi Olga Umetskaya boʻlgan. Ushbu olov shulasi UNI kuzatib boradi: yongʻinda UNING otasi halok boʻlgan, shuning uchun UNI boy qoʻshnisi tarbiyasiga olgan — U buning uchun naqadar qimmat haq toʻlagan! Olov romanning eng mashhur sahnasini ham yoritadi — toʻgʻri, bu olovni deyarli xonaki deyish mumkin, u kuydirishdan koʻra koʻproq UNING ehtirosli, magʻrur, umidsiz tabiatini (boshqa fikrga koʻra — ruhiy kasallik alomatlarini) yoritib beradi. Qoralama nusxalarda muallif UNI Gero deb atagan. UNING ismini ayting.