Insonning rekordlarga bo‘lgan intilishi cheksizdir. Mana, qonunga itoatkor fuqaro Devid Smit Meksikadan AQSHga tirik to‘p snaryadi kabi uchib o‘tdi. To‘pdan otilib chiqqan odam-snaryad ikki davlatni ajratib turuvchi zanglayotgan to‘siq ustidan uchib o‘tdi va chegaraning narigi tomonida tortilgan ulkan to‘rga qo‘ndi. Devid parvozga o‘zi bilan olishni unutmagan narsani ayting.