Arab afsonasiga koʻra, bu ikkisi Yer yuzida kim eng aslzoda ekanligi haqida bahslashib, murosaga kela olishmabdi. Shunda ular bu haqda Quyoshdan soʻrashga qaror qilishibdi. "Men sizni eshitmayapman, — deb javob beribdi Quyosh. — Yaqinroq keling va nima haqida bahslashayotganingizni aytib bering". Shunda ular Somon yoʻli boʻylab Quyosh tomon yoʻl olishibdi. Ammo yaqinlashganlarida, birinchisi qizarib, oqarib ketibdi va yerga yomgʻir boʻlib qaytibdi, ikkinchisi esa avvalgidek holatda qaytibdi. Oʻshandan beri boshqa bahs chiqmagan ekan. Bu ikkisini ayting.