Oxirgi savol va bugunga tamom. Maktabni bitirgach, boʻlajak bastakor Sergey Slonimskiy xursandligidan "Mis chavandoz" haykali ustiga chiqib oladi. Sergeyning omadi keldi — uni ushlagan militsioner insofli boʻlib chiqdi. "Baxtingiz bor ekan, — dedi tartib posboni, — bu podshoh haykali, ... haykali emas". Militsioner rahbarlardan birining nomini aytishga botin botinmagani uchun pauza paydo boʻldi. Siz esa topqir militsioner oʻz jumlasini yakunlagan familiyani yozishingiz kerak.