Bu ikki inson bir-biridan bir necha kilometr uzoqlikda tugʻilgan, ammo birinchisi boy ota-onaning yagona farzandi boʻlgan boʻlsa, ikkinchisining oilasida oʻn uch farzanddan yetti nafari ochlikdan vafot etgan. Ikkalasi ham hozirda butun dunyoga mashhur firmalarga asos solgan. Ammo birinchisi AQSHdan yangi texnologiyalarni sotib olib muvaffaqiyatga erishgan boʻlsa, ikkinchisi oʻz ixtirolari bilan bir necha yil ichida "Amerika afsonasi"ni kulini koʻkka sovurdi. Birinchisining firmasi bizga "yuruvchi odam" tufayli yaxshi tanish, ikkinchisining firmasi esa egasining familiyasini tashiydi. Agar birinchi va ikkinchini ayta olmasangiz, hech boʻlmasa ularning firmalarini ayting.