"Kimyo va hayot" jurnalida shunday tajriba keltirilgan: to‘rtta shisha stakanga bir xil miqdorda choy solingan va bir vaqtning o‘zida to‘rtta choynakdan qaynoq suv quyilgan. Bir oz vaqt o‘tgach, ranglarida farq sezila boshlaydi. Choynaklardagi qaynoq suvlar bir-biridan nima bilan farq qiladi?