Repin aytgan edi: "Men hayotda doim shunday odamlarni qidirdimki, ularning qomatida, yuz tuzilishida rasmim uchun kerakli narsa aks etgan boʻlsin". Maʼlumki, "Kazaklar turk sultoniga xat yozmoqda" asaridagi kulayotgan kazak qiyofasida Gilyarovskiy tasvirlangan. Garshinning yuzida esa rassom "bu dunyoda uzoq yashamaydigan odam" muhrini koʻrgan. Repin Garshindan chizilgan etyudni qaysi shaxsni tasvirlash uchun ishlatgan? Uning ismi va sharifini ayting.