Bir kuni Moskva hukumati jamoasi Rossiya hukumati jamoasiga qarshi futbol oʻynadi. Rossiya jamoasi rahbari oʻz shogirdlari yutqazayotganini koʻrib, maydonga yangi darvozabon — taniqli telesharhlovchi, sobiq futbolchi Vladimir Maslachenkoni tushirishga qaror qildi. Ammo oʻyin komissari almashtirishga ruxsat bermadi, chunki Maslachenko hukumat aʼzosi emas edi. Biroq oradan bir daqiqa oʻtmay darvozabon baribir almashdi. Shu bir daqiqa ichida nima qilindi?