Diqqat, reklama roligi! Bir kishi sehrli chiroqni topib oladi va uni ishqalaydi. Chiroqdan uchta tilakni bajarishga tayyor jin chiqadi. "Behisob boylik xohlayman", — deydi kishi. Shu zahoti qimmatbaho toshlar bilan to'la sandiqlar paydo bo'ladi. "Ayollar meni sevishini xohlayman" — ayollar paydo bo'ladi. "Senda bitta tilak qoldi", — deb eslatadi jin, — "Undan oqilona foydalan". "Abadiy yashashni xohlayman!" — deydi kishi va jin qah-qah otib, uni qandaydir hayvonga aylantiradi. Rolik nimani reklama qilayotganini toping va u hayvon qanday rangda bo'lganini ayting.