Kapitan, butun mamlakat kabi, marshalni hurmat qilardi va hatto o'g'liga uning sharafiga ism qo'ygan edi. Marshal esa kapitanni Oliy harbiy maktab tinglovchilariga tanishtirar ekan, kun kelib mamlakat kapitanga murojaat qilishini aytadi. Bir muncha vaqt o'tgach, ushbu mamlakatda marshalning familiyasi "fohisha" so'zi bilan ohangdosh ekanligi haqida hazillashishadi. Taxminan o'sha vaqtda marshalning kapitan haqidagi bashorati ham amalga oshadi. Har ikkisining familiyasini ayting.