Baʼzi adabiyotshunoslar Oksfordning oʻn yettinchi grafi Eduard de Verni jiddiy oʻrganishgan. Aslzoda vakili, shoir va aktyorlarning homiysi, buning ustiga oʻzi ham sheʼrlar yozib turgan. Uning gerblaridan birida nayza silkitayotgan sher tasvirlangan edi va turnirlarda koʻrsatgan mahorati uchun uning oʻzini "Nayzasilkitar" deb atashgan. Bu soʻz ingliz tiliga tarjimada qanday yangraydi?