Bolaligida u okeanolog boʻlishni orzu qilgan. Oʻxshamadi. Shunda u dayver boʻldi. Pianino va gitarada akkordlar chalishni unga otasi va maktabdosh doʻsti oʻrgatgan. U tish davolatishdan qoʻrqadi, shuning uchun Leonid Yarmolnik bilan birga Kinomarkazda shaxsiy stomatologiya klinikasini ochgan. Har kuzda u doʻstlari bilan Rossiya loylarida mashina bulgʻashga boradi. Bir safar Robert Rojdestvenskiy "Komsomolskaya pravda" sahifalarida unga oʻqishni maslahat berib, yaqqol qobiliyatini qayd etgan edi. Endi ayting-chi, uni, uning hamkasb doʻstlarini va asrlar boʻsagʻasida yashagan bir inglizni nima birlashtiradi?