Ivan Grozniy bir safar Angliya qirolichasi Elizavetaning jiyani, mish-mishlarga koʻra juda goʻzal boʻlgan Mariya Gastingsga qiziqib qoladi. Rus elchisi Fyodor Pisemskiyga boʻlajak malika nomzodini yaxshilab koʻzdan kechirish va Moskvaga xabar berish topshiriladi. "Xudo asrasin bunday xotin olishdan", — deb yozadi Pisemskiy Londondan va Mariyaning uchta tashqi nuqsonini keltiradi: u qoʻrqinchli, rangi oqarib ketgan va... Uchinchi nuqsonni ayting.