Ismi yunonchadan "Ilohiy kuchlar oldida xurofiy qoʻrquvga berilgan" degan maʼnoni anglatuvchi bu ayol, insoniyatning ikkita mudhish illati qurboni boʻldi. Uning tugʻilgan shahri markazida Valeriy Bryusov sheʼrida ulugʻlangan, ramziy ravishda qandaydir erkakni tasvirlaydigan haykal turibdi. Ham bu ayolni, ham bu erkakni ayting.
Dezdemona va xushxabarchi Mark. Dezdemona Yagoning makkorligi va Otelloning rashki qurboni boʻldi. Venetsiya markazida avliyo Markning sher haykali turibdi.