[Boshlovchiga: jamoalarni «oʻrgimchak» soʻzi qoʻshtirnoq ichida ekanligidan ogohlantirmang] Kompyuter oʻyinlariga baʼzan araxnofoblar uchun rejim qoʻshiladi, u yoqilganda oʻrgimchaklar unchalik qoʻrqinchli boʻlmay qoladi. Bir dasturchi yanada uzoqroqqa bordi va ushbu rejimda oʻrgimchak oʻrniga oʻyinchiga «oʻrgimchak» hujum qiladi. Oldingi gapda biz qaysi soʻzni tushirib qoldirdik?