Rio-de-Janeyroda koʻplab favelalar hashamatli kvartallar yaqinida joylashgan. Favelalar aholisini ogʻir yashash sharoitlari qoʻrqitmaydi — koʻpchilik bu yerga qishloqlardan koʻchib kelgan, u yerda ham oʻsha qashshoqlik, ustiga-ustak chorasizlik va zerikarli hayot. Bu yerda esa qandaydir imkoniyat bor... Favelalarda boʻlgan "Vokrug sveta" jurnalisti u yerda bor-yoʻgʻi bitta navbatni koʻrganini yozadi. U yerda navbatda turgan odamlar qalbida umid bilan nima sotib olishayotgan edi?