Ayollar mantiqiga oid savolni arxangelsklik Oksana Obrazsova beradi. Yaqinda men yangi fleshka sotib olish uchun kichik bir kompyuter doʻkoniga kirdim. Doʻkonda juda shoʻx va quyoshli musiqa yangrayotgan edi. Xullas, aynan shu musiqa mening tanlovimni belgilab berdi va men qadogʻini koʻrib turganingiz ushbu fleshkani sotib oldim. Nima ham qilardik: ayollar mantiqi. Bir daqiqadan soʻng ayting: radioda yangrayotgan kompozitsiya qaysi musiqa uslubiga mansub edi?