Oʻtgan yili Italiyada bir necha oy davomida maxsus ekspert komissiyasi yigʻilish oʻtkazdi. Bunga bir italiyalikning Bryusseldagi Yevropa komissiyasi qarorgohi yaqinida sayr qilganidan soʻng hukumatga qilgan murojaati sabab boʻldi. Komissiya xulosasi bir necha sahifali bosma matndan iborat boʻlib, oʻziga xos yuridik terminlar bilan bir qatorda "oʻtloq", "sut", "pomidor" kabi soʻzlarni ham oʻz ichiga olgan edi. Ushbu komissiya qaysi masalani koʻrib chiqqan?