Yevropaning bolalar xaritasi koʻplab qiziqarli rasmlar bilan toʻldirilgan. Masalan, Liverpulni "Bitlz" guruhi, Ruminiya hududini esa sarimsoq va osina qozigʻi bezab turibdi. Germaniyaning shimoli-gʻarbiy qismida ikki guruh hayvonlar tasvirini koʻrish mumkin: biri gorizontal, ikkinchisi vertikal yoʻnalgan. Qaysi shaharlar nazarda tutilganini topib, gorizontal guruhga boshchilik qilayotgan shaxsni va agar xarita Rossiyada nashr etilganda vertikal guruhga boshchilik qilishi mumkin boʻlgan shaxsni ayting.