Grossmeyster Flor oʻtkazgan seanslardan birining shartiga koʻra, shaxmatlarni ishtirokchilarning oʻzlari olib kelishgan, natijada ularning xilma-xilligi cheksiz edi. Toʻsatdan Flor shoh bilan farzinni, fil bilan otni ajratib boʻlmaydigan taxta oldida toʻxtab qoldi. — Sizda donalari aniqroq toʻplam yoʻqmi? — deb soʻradi Flor raqibidan. — Kechirasiz, — deb chin dildan hayron boʻldi u, — axir men shu donalar bilan grossmeyster Retiga qarshi oʻynaganman va u eʼtiroz bildirmagan edi... Soʻngra omadsiz havaskor bir detalni aytib oʻtdiki, buni eshitgan Flor kulgisini zoʻrgʻa tiyib qoldi, lekin hech narsani tushuntirmasdan seansni davom ettirdi. Bu qanday detal edi?