Britaniya bosh vaziri Cherchillning shaxsiy yodgorlik buyumlari orasida qora bogʻich ham bor edi. Bu ser Uinston uchun vatandoshlari unchalik yoqtirmaydigan, ammo ispanlar va lotin amerikaliklar juda yaxshi koʻradigan mashgʻulot uchun kerak edi. Xuddi shu mashgʻulotni rus boyarlari savobli ish deb bilishgan, ammo koʻplab sovet pionerlari uni yomon koʻrishgan. Gap qaysi mashgʻulot haqida ketmoqda?