Yaponiyaning "Gʻira-shira samurayi" filmida bosh qahramon xavfli jangga kirishi kerak. U oʻz sevgilisini chaqiradi. Qiz bayramona kiyingan holda keladi. Samuray sevgilisiga yaqinlashib kelayotgan xavf haqida aytadi va yordam soʻraydi — kodeksga muvofiq uning sochlarini tarab, kiyintirib qoʻyishini oʻtinadi. Qiz rozi boʻladi va oʻzi bilan olib kelgan tugunchadan chaqqonlik bilan ingichka ipak shnur chiqaradi. Uning keyingi harakatini ibora yordamida tasvirlang.