Geologiya professori V. V. Dobrovolskiy dala amaliyotida talabalarga shunday degan edi: "Har bir Bilimli Talaba Papiros Chekishi Kerak" (ruscha: Kazhdiy Obrazovanniy Student Doljen Kurit Papirosi), soʻngra uni diqqat bilan tinglayotgan nevarasiga qarab qoʻshib qoʻydi: "Sen, Yura, Kichiksan. Biroz Kut, Inson" (ruscha: Ti, Yura, Mal. Podojdi Nemnogo, Chelovek). Endi ayting-chi, nima uchun professor toʻsatdan chekishning ashaddiy targʻibotchisiga aylanib qoldi?
Bu geoxronologik jadvalni yodlab qolish uchun mnemonik ibora: Kembriy, Ordovik, Silur, Devon, Toshkoʻmir (Karbon), Perm, Trias, Yura, Boʻr (Mel), Paleotsen...