"Gorodok" telekoʻrsatuvining sonlaridan birida shunday syujet bor: saylovchi uchastkaga keladi va uzoq vaqt davomida tanlov qila olmaydi. Saylov uchastkasi xodimi gʻazablanib, saylovchiga shoshilishni maslahat beradi va shu bilan birga byulletenni qanday toʻldirish kerakligini tushuntiradi. Shunda saylovchi hiqillab yigʻlay boshlaydi va xodimning hayron boʻlib bergan savoliga Gaydayning mashhur kinofilmidagi ibora bilan javob beradi. Ikki soʻzdan iborat ushbu iborani keltiring.