Boshlovchiga: savol matnidagi ismlarni shunday oʻqing: Kiduk — [Kiduk] (pauzasiz) Ki-duk — [Ki defis duk, kichik d bilan] Ki-Duk — [Ki defis duk, katta D bilan] Ki Duk — [Ki probel duk, katta D bilan]. "Izvestiya" gazetasidagi maqoladan biz biroz "tahrir qilgan" iqtibosni tinglang: "Bizning prokatga koreyalik Kim Kidukning ikkita yangi filmi chiqdi, uning familiyasi baʼzan Ki-duk, Ki-Duk va Ki Duk deb yoziladi". Hurmatli bilimdonlar! Ushbu koreyalik rejissyorning familiyasini toʻgʻri yozgan jamoa ochko oladi!