Diqqat, savolda almashtirish bor. Chiqish paytida opera xonandalari doimo BASHARA BURISHTIRISHADI. Bundan tashqari, bir guruh opera yulduzlari hamkasbi Xose Karrerasga BASHARA BURISHTIRGANLARIDAN soʻng jahon miqyosida tan olindilar. Plasido Domingo orkestrga dirijyorlik qilishni oʻrganishi, odatiga koʻra sahnadagi sopranoga qarab BASHARA BURISHTIRISHI tufayli qiyinlashganini aytgan. "BASHARA BURISHTIRISH" iborasi bilan qaysi soʻzlarni almashtirganimizni toping.