Soʻz va u anglatadigan narsa oʻrtasidagi munosabatlar turlicha boʻladi. Grelling bundan paradokslardan birini yaratishda foydalangan. Ushbu paradoks soʻzlarni ikki guruhga boʻlishga asoslangan edi. Birinchi guruh vakillari: oʻzbekcha, mavhum, uch boʻgʻinli. Ikkinchi guruh vakillari: qizil, chap, yogʻochli. Bir guruh soʻzlari ikkinchi guruh soʻzlaridan nimasi bilan farq qiladi?
Birinchi guruhdagi soʻzlarning maʼnosini ularning oʻziga nisbatan qoʻllash mumkin, ikkinchi guruhdagilarni esa yoʻq.