Ushbu loyiha davomida Galley kometasi tadqiq qilingan (nomi ham shundan dalolat beradi), Djotto esa XIII asr oxiri — XIV asr boshlarida yashagan italyan rassomi boʻlib, u 1301-yilda Yer osmonida koʻringan Galley kometasini tasvirlagan. Djottoning 1304-1313-yillar oraligʻida chizilgan freskalari Italiyaning Paduya shahridagi Arena kapellasida (Skrovenyi kapellasi) saqlanadi.