Hurmatli bilimdonlar! Qora quti. "Bu davlat dunyo xaritasida yoʻq, lekin uning mavjudligini hamma biladi. U oʻz qonunlari bilan yashaydi, ular baʼzan umumqabul qilingan qonunlarga zid keladi, uning rahbarlari xuddi koʻzboylogʻichlardek tomoshani katta pulga aylantirishadi, uning "fuqarolari" odam savdosi bilan shugʻullanishadi, eng kuchlisini esa har toʻrt yilda bir marta eng yaxshilarni yigʻib aniqlashadi..." Ehtimol, markaziy gazetalardan birida qaysi davlat haqida shunday yozishganini anglagandirsiz. Unday boʻlsa ayting-chi, qora qutida nima bor?