Diqqat, qora quti! Tropik barg kesuvchi chumolilar daraxtlarga chiqib, oʻtkir jagʻlari bilan barglardan kichik tanga kattaligidagi boʻlaklarni kesib oladilar va ularni oʻz uyalariga tashiydilar. Sharqda hokimiyat ramzlaridan biri boʻlgan va hozirda bizning qora qutimizda turgan buyum ushbu chumolilarga ikkinchi nomni bergan. Qora qutida nima bor?