Ushbu ikki soʻzdan birinchisi koʻp maʼnoli boʻlib, u jismoniy jarayonlarning intensivligini, faol harakat qilishning jismoniy yoki maʼnaviy imkoniyatini, qudratni, qonunning amal qilishini va boshqa koʻplab narsalarni ifodalashi mumkin. Ikkinchisi esa bunday koʻp maʼnoga ega emas, uni, masalan, biron bir sohadagi maʼlumotlar yigʻindisi deb taʼriflash mumkin. Shu bilan birga, baʼzilarning fikricha (siz bunga qoʻshilmasangiz kerak), birinchisining mavjudligi ikkinchisining yetishmasligini oqlashi mumkin. Ammo bu ikki tushuncha aynanlashtirilgan boshqa bir iboraga, ehtimol, eʼtiroz bildirmaysiz. Xoʻsh, bu ikkinchi iboraning muallifi kim?
Frensis Bekon. Birinchisi — kuch, ikkinchisi — bilim. "Kuch boʻlsa — aql (demak bilim ham) kerak emas" degan gap bor. Bekon esa: "Bilim — bu kuchdir, kuch — bu bilimdir", deb yozgan.