Bir latifada sirk jamoasi kompaniyaning yubileyi munosabati bilan xodimlar oldida chiqish qiladi. Dorboz aql bovar qilmas tryuklar koʻrsatadi, soʻngra hazillashib tomoshabinlardan biriga bu nomerni takrorlashni taklif qiladi. Bir qariya pidjagini yechib, dorga chiqadi va bir necha marta xotirjam u yoqdan-bu yoqqa yurib oʻtadi. "Bu kim?" — deb soʻraydi sirk direktori kompaniya direktoridan. Qariyaning kasbini ayting.