gotquestions.online

"Talablar, doimiy ayblovlar va hujumlar bilan qiynalgan, tinkasi qurigan, tortinchoq va qo‘rqoq qilib qo‘yilgan" — lug‘atlar bu so‘zni shunday izohlaydi. Ammo maqolalardan birining muallifi Angela Merkelni shunday atab, "temir frau" muammolar oldida taslim bo‘lganini aytmoqchi emas edi. U shunchaki kanslerni qiynayotgan ko‘plab muammolarning manbasiga — Merkel boshqarayotgan mamlakatda yashayotgan bir necha million kishiga va shu bilan birga boshqa bir davlat rahbariyatining ambitsiyalariga ishora qilgan. Gap qaysi so‘z haqida ketmoqda?

Manba