Kelib chiqishi kavkazlik boʻlgan mashhur grossmeyster, bolaligida shaxmatdagi yutuqlariga toʻsqinlik qilmasligi uchun familiyasini oʻzgartirgan. Kelib chiqishi ukrainalik boʻlgan boshqa bir taniqli grossmeyster esa xuddi shu maqsadda bolaligida David ismini Aleksandrga oʻzgartirgan. Oradan koʻp vaqt oʻtib, ular daʼvogarlar bahsida toʻqnash kelishganda, Moskvada shunday hazil yurgan: bu tarixda bir shaxmatchi birovning ismi bilan, ikkinchisi esa birovning familiyasi bilan oʻynayotgan yagona bahs. IKKALA grossmeysterni ham ayting.