Hammaga quyidagi muloqot tanish: "Buvijon, nega tishlaringiz bunchalik katta?" — "Seni yeyish uchun-da!". Keyin nima sodir boʻlganini fransuz ertakchisi Sh.Perro soʻzlab bergan. Bu hikoya nima bilan tugaganini aytib berish sizga qiyinchilik tugʻdirmasa kerak.
Sharl Perro ertagida Boʻri Qizil shapkachani yeb qoʻyishi bilan hikoya tugaydi. Ovchilar haqidagi keyingi oʻzgartirishlar aka-uka Grimmlarga tegishli.